Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda oktabr oyida yangi aeroport ochiladi
Istanbulda 29 oktabrda yangi aeroport ochilishi rejalashtirilmoqda. Hozirda aeroport qurilishi 80 foizga yakunlangan. Bu haqda Turkiya transport, kemachilik va aloqa vaziri Axmet Arslon ma'lum qildi.
“Istanbuldagi yangi aeroport 80 foizga tayyor. Alloh inoyati bilan 29 oktabrda prezident, bosh vazir va ko‘plab mehmonlar ishtirokida uni ishga tushiramiz. Otaturk xalqaro aeroportidagi barcha reyslar u yerga 48 soat ichida o‘tkaziladi”, deb aytgan Arslon.
Uning aytishicha, yangi aeroport dunyodagi eng kattalaridan biri bo‘ladi. Uning maydoni 80 mln kvadrat metrni tashkil qiladi, u to‘liq ishga tushirilganda 225 ming kishi ish bilan ta'minlanadi. Aeroport bir vaqtning o‘zida 114 ta samolyotni qabul qila oladi. Hammasi bo‘lib aeroportdan 350 yo‘nalish bo‘yicha reyslar amalga oshiriladi.
Vazirning ma'lum qilishicha, aeroportga kiritilgan investitsiyalar 10,2 mlrd dollarni tashkil qiladi va aeroport faoliyatining ilk 25 yili davomida 22,2 mlrd dollar foyda keltiradi.
Yangi aeroport shaharda Turkiya prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilishi rejalashtirgan uchta megaloyihalardan biri hisoblanadi. Ulardan biri amalga oshirib bo‘lingan. Bu tashabbusga ko‘ra, 2016 yil Bosfor bo‘g‘ozi ustidan 3-ko‘prik ochilgan. Joriy yilda Bosforga parallel ravishda oqib o‘tuvchi “Istanbul” kanali qurilishi boshlanishi kutilmoqda.
Istanbulda ikkita xalqaro aeroport – Otaturk nomidagi va Sabiha Gyokchen nomidagi aeroportlar faoliyat yuritadi. Yangi aeroport esa Istanbulning Yevropa qismida qurilmoqda. Aeroport yiliga 150 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirmoqda. U ochilgandan keyin Otaturk nomidagi aeroportning yopilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026