Jahon | 17:18 / 12.02.2018
4815
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yetti kishi kuchli qor tufayli halok bo‘ldi

Foto: The Guardian

Yaponiyada yetti nafar inson kuchli qor tufayli halok bo‘ldi, yana 60 dan ortiq inson jarohatlar oldi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Fukui prefekturasida besh kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ulardan uch nafari qor avtomobilning tutun chiqarib tashlovchi trubasini yopib qo‘ygani tufayli gazlardan zaharlanish sababli vafot etdi. Niagata prefekturasida keksa yoshli erkak halok bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, u qorni tozalayotganda ariqqa tushib ketgan.

Fukuoka prefekturasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana bir inson halok bo‘lgan. U mototsiklda pochta tashish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid