Jahon | 13:04 / 12.02.2018
34942
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi

Foto: RIA "Novosti"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatida An-148 samolyoti halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumot o‘rnida: «Saratov avialiniyalari» kompaniyasining Moskvadan Orskka yo‘l olgan An-148 yo‘lovchi samolyoti poytaxt viloyatida halokatga uchradi. Havo kemasi bortida 71 kishi — 65 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Samolyotdagilarning hech biri falokatdan omon qolmagan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid