O‘zbekiston | 19:10 / 12.02.2018
74266
1 daqiqa o‘qiladi
Urganchdan Peterburgga uchayotgan samolyot majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
Bugun, 12 fevral kuni Urganch-Peterburg reysini amalga oshirayotgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi samolyoti bortdagi yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilishi tufayli Samarada majburiy qo‘nishni amalga oshirgan. Bu haqda aviakompaniya rasmiy saytida xabar qilingan.
A320 layneri mahalliy vaqt bilan soat 10:34da «Kurumoch» aeroportiga qo‘ngan.
«Yo‘lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shifokorlar xulosasiga ko‘ra u kasalxonaga olib ketilgan», deyilgan xabarda.
Mahalliy vaqt bilan soat 13:48da 143 yo‘lovchi bilan uchayotgan samolyot Peterburgga parvozni davom ettirgan.
Mavzuga oid
18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi
10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
15:37 / 07.11.2024