Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvining farqi nimada?
SAVOL: Biz ishlaydigan internet-kafening boshliq va xodimlari ularning o‘zaro huquq va majburiyatlari yozib qo‘yiladigan hujjat tuzishmoqchi. Bunday hujjatni qanday nomlasa to‘g‘ri bo‘ladi: «Jamoa shartnomasi»mi yoki «Jamoa kelishuvi»mi?
Sh.Alimov
JAVOB: Bunday holatda bu hujjat jamoa shartnomasi deb nomlanadi. Mehnat kodeksining 29-moddasiga ko‘ra jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta'minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga oid
15:35 / 02.05.2023
Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi
21:12 / 30.03.2023
Davlat idoralarida qisqartirish bilan bog‘liq ishdan bo‘shatishlar vaqtincha to‘xtatildi
17:05 / 10.02.2023
O‘zbekistonga chet eldan ishchi olib kelib ishlatish osonlashadi
10:53 / 08.07.2022