Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: «Niqoblarni yechish payti keldi»
Foto: Reuters © Mike Segar
Amerika Qo‘shma Shtatlari IShID terrorchilik guruhi bilan kurash bo‘yicha Turkiyaga qarshilik ko‘rsatishga yo‘naltirilgan teatrni tugatishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
«Sizlar (AQSh) IShIDga qarshi kurashayotganingizni aytmoqdasiz. IShIDning qancha a'zosini yo‘q qildingiz? IShIDga qarshi kurashganlar hozir Turkiyaga qarshi kurashmoqda. Hech kimning IShIDdan sabab sifatida foydalanishga haqi yo‘q. IShID bilan bu teatrni tugatish, niqoblarni yechish payti keldi», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika hukumati suriyalik kurdlarning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlariga yordam uchun 550 mln dollar sarfladi, bu summa 3 mlrd dollarga qadar oshishi mumkin.
«Bizga: «Agarda bizga zarba berishsa, qat'iy javob qaytaramiz» deyishmoqda. Buni aytayotganlar usmonlilar mushtini hech qachon ko‘rmagan», - deya xulosa qilgan Turkiya prezidenti.
Mavzuga oid
09:30
Tramp NATOdan noroziligini bildirib, Grenlandiyani esladi
23:15 / 09.04.2026
Isroil Livan bilan muzokaralar boshlashini e’lon qildi
21:39 / 09.04.2026
AQSh–Eron sulhi: Trampni to‘xtashga majbur qilgan asosiy omil nima?
19:16 / 09.04.2026