O‘zbekiston | 23:10 / 13.02.2018
150186
1 daqiqa o‘qiladi

Vazir Toshkent IIBBning yangi rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Mirzayevich Jo‘rayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqdagi ma'lumotni «KUN.UZ» manbasi tasdiqladi.

Rustam Jo‘rayev yangi lavozimda bundan avvalroq Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga o‘tkazilgan Bahodir Qurbonovni almashtirdi.

Foto: Rustam Jo‘rayev / FVV

Ma'lumot uchun, Rustam Jo‘rayev 1968 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchisi (1994 yil) sanaladi. 1994-2008 yillarda IIVda turli lavozimlarda xizmat qilgan, 2008-2012 yillarda – Prezident devonida, 2012-2015 yillarda Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, 2015 yilda – Namangan viloyati IIB boshlig‘i, 2015-2017 yillarda – Xorazm viloyati IIB boshlig‘i.

Mavzuga oid