IIV rahbariga yangi örinbosarlar tayinlandi: Botir Qudratxöjayev Tezkor qidiruv departamenti, Rustam Jörayev Jamoat xavfsizligi departamenti, Diyorbek Sattorov Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar departamenti boşliği, Rustam Mirzayev komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosar böldi.

Prezidentining tegişli qarorlari bilan içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovga yangi örinbosarlar tayinlandi.

Botir Bahromoviç Qudratxöjayev içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. U 2025 yilning fevralidan buyon favqulodda vaziyatlar vaziri edi.

Botir Qudratxöjayev

Qudratxöjayev yangi lavozimda bugun iste’foga çiqarilgan Ayubxon Rahmatullayev örnini egalladi.

Rustam Mirzayeviç Jörayev içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. U 2020 yilning martidan buyon Milliy gvardiya qömondoni edi.

Rustam Jörayev

Uning yangi lavozimi 2025 yil dekabrida Bekmurod Abdullayev işdan olinganidan buyon (keyinroq unga nisbatan jinoiy iş oçilgan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan) böş turgandi.

Diyorbek Nematjonoviç Sattorov içki işlar vazirining örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti boşliği lavozimiga tayinlandi. U hozirgaça Prezident administratsiyasi Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departamenti şöba mudiri lavozimida edi.

Diyorbek Sattorov

U yangi lavozimda bugun iste’foga çiqarilgan Davron Nazarmuhamedovning örnini egalladi.

Şuningdek, Rustam Ravşanoviç Mirzayev içki işlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boşliği örinbosari edi.