Içki işlar vazirining birinçi örinbosari general-mayor Rustam Jörayev huzurida videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Unda IIV JXD, HPX, JTSX rahbariyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi IIV, Toşkent şahar va Toşkent viloyati IIBB hamda viloyatlar IIB rahbarlarining örinbosarlari iştirok etdi.

Yiğilişda yil boşidan buyon hududlarda sodir etilgan qotillik jinoyatlarining sabablari va omillari, ularni bartaraf etiş borasida körilayotgan profilaktik çora-tadbirlar, şuningdek yöl qöyilgan kamçiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Tahlillar natijasida şaxsga qarşi jinoyatlarning salmoqli qismi keçki va tungi vaqtlarda yaqin qarindoşlar yoki tanişlar örtasidagi nizolar oqibatida, ötkir tiğli jismlar yordamida sodir etilgani qayd etildi. Şu bilan birga, profilaktika işlarida mahalla yettiligi, jamoatçilik vakillari, ta’lim muassasalari pedagoglari va ota-onalar, şuningdek olimlar, sotsiologlar va psixologlar bilan hamkorlik yetarli darajada yölga qöyilmagani alohida ta’kidlandi.

Ayniqsa, voyaga yetmaganlar iştirokida yoki ularga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar böyiça profilaktik çoralarni yangiça tartibda taşkil etiş zarurligi körsatib ötildi. Oilalardagi ijtimoiy-maişiy muammolarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş, probatsiya nazoratida turgan şaxslar hamda huquqbuzarlik sodir etiş yoki undan jabrlaniş ehtimoli yuqori bölgan fuqarolar bilan manzilli işlaş vazifalari belgilandi.

Şuningdek, şaxsga qarşi jinoyatlarning barvaqt oldini oliş samaradorligini oşiriş maqsadida profilaktika inspektorlari va ularning rahbarlariga hudud aholisi mentalitetini inobatga olgan holda har bir tuman-şahar kesimida ilmiy asoslangan takliflar işlab çiqiş, mutaxassislar bilan tizimli hamkorlikni ta’minlaş topşirildi.

Jamoatçilik, tegişli taşkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari imkoniyatlaridan keng foydalaniş, ayniqsa ayollar va bolalar bilan yakka tartibdagi profilaktik işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş, ularga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini amalga oşiriş vazifalari ham belgilab berildi.