Yevroittifoq Iroqqa gumanitar yordam uchun qariyb yarim milliard yevro ajratmoqda
Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinining ma'lum qilishicha, YeI Iroqqa gumanitar yordam uchun 400 mln yevro ajratadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Yevropa ittifoqi Iroqqa insonparvarlik yordami uchun 400 mln yevro ajratish bo‘yicha jarayonni yakuniga yetkazmoqda, bu Yevropa davlatlarining yordam ko‘rsatishdagi alohida ishtirokiga qo‘shimcha tarzda ro‘y bermoqda», - deya aytib o‘tdi Mogerini.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq rejalashtirish vaziri Qusoy Abdulfattoh Iroqni ko‘p yillik urush va iqtisodiy tanazzuldan so‘ng tiklash 88,2 mlrd dollarga tushishi haqida ma'lum qilgandi.
Ushbu miqdordan 22 mlrd dollari qisqa muddatda talab etiladi, 65 mlrd dollari esa – o‘rta muddatli istiqbolda.
Mavzuga oid
08:35 / 12.11.2024
Yevroittifoq Rossiyaning soyadagi flotiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024
Yevroittifoq Xitoyning Temu internet-do‘konini jarimaga tortmoqchi
09:20 / 31.10.2024