Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqni tiklash taxminan qanchaga tushishi ma'lum qilindi
Iroqni ko‘p yillik urushi va iqtisodiy tanazzuldan so‘ng tiklash mamlakatga 88,2 mlrd dollarga tushadi. Bu haqda Iroq rejalashtirish vaziri Qusoy Abdulfattoh Kuvaytdagi matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Ushbu miqdordan 22 mlrd dollari qisqa muddatda talab etiladi, 65 mlrd dollari esa – o‘rta muddatli istiqbolda.
Pullar birinchi navbatda uy-joy kommunal xo‘jaligi rekonstruksiyasiga sarflanishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq urush tufayli 1,3 million iroqlik bolalar uyini tark etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:03 / 15.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun Kuvayt vizasi soddalashtirilishi mumkin
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
08:55 / 06.06.2026