Jamiyat | 08:52 / 14.02.2018
28106
1 daqiqa o‘qiladi

Qarshidagi choyxonada pichoqbozlik yuz berdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida pichoqbozlik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 29 yanvar kuni soat 22:30larda Qarshi shahrida G‘.G‘ulom mahallasi Mirtemir ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan S.R. A.Temur ko‘chasida joylashgan “Saxara” choyxonasida o‘zaro janjal oqibatida Roguzar mahallasida yashovchi Q.K. va Bog‘ishamol mahallasida yashovchi N.H.ning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada Q.K. va N.H. kasalxonaga yotqizilgan. S.R. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid