Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukraina va Gruziyadagi «vaziyatni o‘zgartirish»ga va'da berdi
Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori va Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina hamda Gruziyaga qaytib kelish haqidagi rejalarini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» mahalliy OAVga asosan xabar bermoqda.
«Men Ukrainaga qaytib kelaman, chunki u yerda istiqomat qilish uchun qonuniy huquqim bor. Shuningdek, Gruziyaga ham qaytaman. Oligarxlar boshqaruvi juda tez o‘z yakuniga yetadi», - deya aytib o‘tdi Saakashvili.
Uning ta'kidlashicha, «hozirgi sharoitda qaytish va har ikki davlatdagi vaziyatni o‘zgartirish» lozim deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mixail Saakashvili Polshadan siyosiy boshpana so‘ramasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:30
Jurnalistlar: Ukraina urushida kamida 227 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lgan
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026