Jahon | 23:32 / 14.02.2018
6034
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Iroqning tiklanishiga 5 mlrd dollarlik kredit ajratadi

Foto: aa.com.tr

Turkiya Iroq infratuzilmasini tiklash uchun 5 mlrd dollar miqdorida foizsiz kredit ajratadi. Bu haqda Iroqni tiklash bo‘yicha anjuman yakunlariga ko‘ra Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘lu tvitterda xabar berdi. 

Turkiya yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatilgan Iroqni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. 

Chavusho‘g‘lu anjuman o‘tgan Kuvaytga ketishidan avval jurnalistlarning savollariga javob berish vaqtida Iroqni IShID jangarilaridan to‘liq tozalash va uni tiklash uchun barcha ish qilinishini aytgan.

Uning aytishicha, anjuman vaqtida ba'zi davlatlar Iroqqa gumanitar yordam ko‘rsatish, investitsiya va savdo sohasida ko‘mak berishga va'da bergan. 

“Turkiya 2004 yildan boshlab Iroqqa 500 mln dollarlik yordam bergan. Bu mablag‘lar aholiga gumanitar yordam berish va Iroqni rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, Iroqning Hamkorlik va koordinatsiya agentligi Iroqda bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Turkiya kompaniyalari Iroqda umumiy qiymati 25 mlrd dollarga baholanuvchi loyihalarni amalga oshirmoqda. Kelgusida turk kompaniyalari Iroq iqtisodiyotiga 5 mlrd dollar investitsiya qiladilar”, deb aytgan Chavusho‘g‘lu.   

Bundan tashqari, Turkiya Iroqqa gumanitar yordam, rivojlanishi uchun 50 mln dollar ajratadi.

Chavusho‘g‘luning ta'kidlashicha, anjumanda Iroqni tiklash uchun eng yirik kreditni hozircha Turkiya ajratgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid