Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noma'lum kimsa advokatga pitssa buyurtirmoqda. U bundan xunob
Germaniya politsiyasi Dortmundda pitssa bilan ta'qib qilish ishini tergov qilmoqda. Politsiyaning ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki hafta davomida noma'lum shaxs mahalliy advokat Gaydo Grollega bir nechta pitssa buyurtirgan.
Grolle kim u uchun buyurtma berayotganidan bexabar. Uning aytishicha, u 100 tadan ko‘proq pitssa olgan. Ba'zi pitstseriyalar buyurtmani aniqlashtirib olish uchun unga qo‘ng‘iroq qilishmoqda, ba'zilari esa uning telefoniga ogohlantirish jo‘natishmoqda.
“Bir kuni soat 9:20dan 9:47gacha oraliqda 15 ta pitssaga buyurtma berilgan. Kim umuman bunday tezlik bilan biror narsa buyurtira oladi? Bu juda asabga tegmoqda. Men hattoki normal ishlay olmayapman”, deb aytgan jabrdiyda.
Gohida pitssa buyurtiruvchining tanlovi o‘zgarib turgan: u advokatga sushi, sosiskalar va grek taomlaridan yubortirib turgan. Advokat pochtada kerakli filtrlarni o‘rnatgan, telefonini yashirgan va politsiyaga murojaat qilgan.
Politsiya ta'qib qilish bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan, unga ko‘ra qoidabuzarga 3 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Firibgarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atib bo‘lmagan, chunki noma'lum shaxs pitssa yuborish hisobiga boyimaydi, advokat esa moliyaviy ziyon ko‘rmagan. Bundan ziyon ko‘radigan yagona shaxslar pitstseriya egalaridir.
Mavzuga oid
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
08:20 / 22.12.2025