Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 15 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining (qarorgohi Oslo shahri) favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ole Johan Bjornoyni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Vazir elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas'uliyatli lavozimda samarali ishlashni tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Norvegiya kun tartibidagi asosiy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Turli sohalardagi hamkorliknining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va muvofiqlashtirishga imkon beradigan vazirliklararo maslahatlashuvlarni muntazam tarzda o‘tkazish qo‘llab quvvatlandi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish uchun mavjud ulkan salohiyatni amalga oshirish orqali o‘zaro tovar ayirboshlashni oshirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish chog‘ida BMT va YeXHT doirasidagi hamkorlik masalalari, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
12:41 / 28.11.2025