Vokzalda yurgan uysiz shaxsning yonidan 750 ming dollar topildi
Shvetsiyalik politsiyachilar uysiz shaxsni qo‘lga olishdi, uning yonidan taxminan 6 mln krona (750 ming dollar) aniqlandi. Bu haqda The Sun yozmoqda.
Erkak Stokholmdan taxminan 70 kilometr masofadagi Uppsala shahrida joylashgan temir yo‘l va avtobus stansiyasida ushlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ma'lumotlariga ko‘ra, uysiz shaxs o‘tkinchilardan chipta uchun pul so‘rash bilan shug‘ullangan.
Biroq politsiyachilar uni qo‘lga olishganidan so‘ng, erkakning cho‘ntaklari kupyuralarga to‘la ekani aniqlandi. Gap minglab banknotalar haqida ketmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchilarning tan olishlaricha, bunday vaziyatga birinchi marta duch kelishlari.
Gazetaning yozishicha, uysiz shaxs o‘tkinchilardan pulni qo‘pollik ishlatgan holda, jumladan tahdid bilan talab qilgan. Biroq politsiya uni pul yuvishda gumonlab qo‘lga oldi. Erkakka bir necha kundan so‘ng sudga kelish majburiyati yuklandi.
Mavzuga oid
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024
O‘zbekistonning yangi elchisi Stokholm shahriga keldi
22:05 / 05.10.2024