Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:38 / 16.02.2018
6584
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliya ham Rossiyani kiberhujumda aybladi
Foto: Real-vin.com
Avstraliya ham AQSh ketidan Rossiyani NotPetya virusidan foydalangan holda hakerlik hujumini uyushtirishda aybladi. Bu haqda The Australian xabar bermoqda.
«Avstraliya razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda va AQSh hamda Birlashgan Qirollik hukumati bilan maslahatlashuvlardan so‘ng Avstraliya hukumati shunday xulosaga keldiki, Rossiya hukumati hodisaga mas'ul bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlagan», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya ham Rossiyani kiberhujumlarda ayblagani ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish