Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri örinbosari Tariq Ahmadning ma'lum qilişiça, Rossiya hukumati NotPetya virusidan foydalangan tarzda uyuştirilgan kiberhujumlarga aloqadordir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Britaniya hukumatining fikriça, Rossiya hukumati, xususan, rossiyalik harbiylar 2017 yilning iyunida NotPetya virusi yordamida amalga oşirilgan beqarorlaştiruvçi hujumga mas'uldir. Virusning öylamay qöllanilişi taşkilotning butun Yevropa böylab işiga zarar yetkazdi va millionlab funtga tuşdi. Biz Rossiyani xalqaro hamjamiyatning mas'uliyatli a'zosiga aylanişiga çaqiramiz», - deya ma'lum qildi Ahmad.
Virus bir neça davlatlarga zarar keltirdi, asosan Ukraina kompaniyalari hujumga uçradi. Neft, energetika, telekommunikatsiya, farmatsevtika kompaniyalari, şuningdek, davlat organlari IT-tizimlariga hujum uyuştirildi.












