Fan-texnika | 13:43 / 16.02.2018
15715
1 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz va Cigarette superkater taqdim etdi

Foto: Cigarette Racing 515 Project One

Mercedes-Benz kompaniyasi va Amerikaning Cigarette kemasozlik korxonasi Project One giperkari yo‘nalishida qilingan superkaterni taqdim etdi. Yangilik suvda soatiga 225 kilometr tezlikka chiqishi mumkin.

Cigarette Racing 515 Project One nomli 15 metr keluvchi olti o‘rinli kater konstruksiyasida ugleplastik va kevlar foydalaniladi. Qayiq ikkita sakkiz silindrli Mercury Racing dvigateli bilan jihozlangan, ularning har biri 1350 ot kuchiga ega.

Foto: Cigarette Racing 515 Project One

Maksimal tezlikka chiqish uchun maxsus kalit va poyga yoqilg‘isi kerak bo‘ladi. Bunda motorlar kuchi 1550 ot kuchiga yetadi. 

Foto: Cigarette Racing 515 Project One
Foto: Cigarette Racing 515 Project One
Foto: Cigarette Racing 515 Project One
Foto: Cigarette Racing 515 Project One

 

Mavzuga oid