Jamiyat | 09:43 / 18.02.2018
5611
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi “K-Rauta” do‘konlari tarmog‘i 12 mlrd rublga sotildi

Foto: K-Rauta

Finlyandiya riteyleri Kesko Rossiyadagi “K-Rauta” uy va ta'mirlash mahsulotlari do‘konlari tarmog‘ini Fransiyaning Leroy Merlin kompaniyasiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv qiymati 12 mlrd rubl yoki 169 mln yevroni tashkil qiladi.   

Leroy Merlin Sankt-Peterburgdagi 8 ta, Moskvadagi 3 ta va Kalugadagi bitta do‘konni oladi. Bu do‘konlar o‘rnida Leroy Merlin do‘konlari ochiladi. Kelishuvga kiritilmagan Yaroslavl va Tuladagi ikkita do‘kon 2018 yilning birinchi yarmi davomida yopiladi.

“K-Rauta” do‘konlar tarmog‘i Kesko’ning Rossiyadagi so‘nggi aktivi edi. 2016 yilda riteyler “K-Ruoka” oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ini “Lenta” riteyleriga 11 mlrd rublga sotib yuborgandi, uning sport anjomlari sotiluvchi Intersport do‘konlari xususiy sarmoyachilar guruhi tomondan xarid qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid