Ukrainaning NATOga olinmayotgani sababi ma'lum qilindi
NATO bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Getemyuller Ukrainaning NATOga qabul qilinmayotgani sababini tushuntirdi.
Getemyullerning aytishicha, ayni vaqtda NATOga Bosniya va Gertsegovina, Makedoniya, Gruziya va Ukraina kirishga intilmoqda va Kiyevga alyansda a'zo bo‘lish uchun harakatlar rejasini taqdim qilish rad etilgan Buxarestdagi sammitdan beri 10 yil o‘tdi. Shu bilan birga NATO Ukraina qachondir alyans a'zosiga aylanishini aytmoqda.
“Ushbu 4 davlat NATO borasida qiziqishga ega, biroq Ukraina a'zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasini olishga intilishini milliy siyosatining bir qismi ekanligini aytmagan yagona davlatdir. Aynan shu yo‘l NATOga a'zo bo‘lish yo‘li hisoblanadi”, deb aytdi Getemyuller.
Mavzuga oid
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024