Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Afrin yaqin vaqt ichida o‘rab olinishini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, turk qo‘shinlari yaqin vaqt ichida Suriyaning Afrin shahrini o‘rab olish niyatida. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Yaqin kunlarda biz Afrin markaziga qarab harakatlanishimizni tezlashtiramiz, bundan maqsad – uni o‘rab olish. Shu tariqa tashqaridan qo‘llab-quvvatlov to‘xtatiladi. O‘shanda hech kim savdolashish haqida gap ham ochmaydi. Biz Turkiyaning janubiy chegaralarida terrorchilik yo‘lagini yaratmoqchi bo‘lganlarga buni qilish oson bo‘lmasligini ko‘rsatib qo‘yamiz», - deya aytib o‘tdi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Suriya qo‘shinlari Afringa yuborilganini rad etgandi.
Mavzuga oid
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026
Turkiyada ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
21:02 / 25.03.2026
Turkiya arab davlatlarini Eron bilan urushmaslikka ko‘ndirmoqchi
16:36 / 21.03.2026