Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini “o‘ziga keltirib qo‘yishga” va'da berdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Pyongchangdagi Olimpiadada belarusiyalik fristaylchi Anton Kushnir “adolatsiz baholanganidan” g‘azablanishda davom etmoqda. Uning fikricha, hakamlar “bosh raqobatchini finaldan chiqarib tashlashga” qaror qilishgan. Shu tufayli Lukashenko Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini “o‘ziga keltirib qo‘yish”ga va'da berdi.
18 fevralda Belarus prezidenti mahalliy saylovlar vaqtida Olimpiadada fristayl musobaqasida hakamlik qilgan rossiyalik, shveysariyalik va xitoylik hakamlarning qarorlarini keskin tanqid qilgan va ularni o‘z hamyurtlari foydasiga hakamlik qilishda ayblagan. Lukashenkoning fikricha, hakamlar “bosh raqobatchi” – Kushnirni musobaqadan chiqarib yuborishga harakat qilishgan.
“Kushnir xatolarsiz sakraydi. Temir-beton erkak. Ular u shunchaki finalchi emas, balki yana Olimpiada chempioni ekanini tushunishgan. Va qaror qabul qilingan. Kim tomonidan? Birinchi navbatda, hakamlar tomonidan. Ular finalga o‘z sportchilarini olib chiqishdi. Agar aqlli bo‘lganlarida, sportchimizni juda bo‘lmasa finalga qo‘ygan bo‘lardilar. Biroq ular bilishardi: agar Anton finalga chiqsa ularning sportchilariga non qolmasdi. Yana belaruslar avvalgi Olimpiadagidek ikkita oltin yuta olishardi”, deb xunob bo‘lgan Lukashenko.
Belarus prezidenti XOQ prezidenti Tomas Bax nomiga bu holat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgan maktub yo‘llagan. Lukashenko Belarus foydasiga biror qaror chiqarilmasa, “uyquda bo‘lgan bu siyosiy saltanatni o‘ziga keltirib qo‘yishga” va'da bergan.
Anton Kushnir 2014 yilgi Sochidagi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026