Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida yong‘in, chaqaloq jasadi topildi
Samarqand viloyatining Payariq tumanida 18 fevral soat 11.50larda U.Yusupov ko‘chasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan. F.B.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 40 kv.m. maydonida shift qismi va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida F.B.ning uyida mehmonda bo‘lgan nabirasi, 2017 yilda tug‘ilgan A.A.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida 18 fevral soat 04.55da Ko‘prikboshi MFY Payvasta ko‘chasida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan A.M.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 30 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida A.M.ning birga yashagan o‘g‘li, 1985 yilda tug‘ilgan D.M.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
09:00 / 22.06.2026