Afg‘onistonda yana fojia yuz berdi
Afg‘oniston g‘arbida yo‘lovchi avtobusi va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan YTH oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi hamda kamida 13 kishi jarohat oldi. Bu haqda Xinhua xabar bermoqda.
«Erta tongda yo‘lovchi avtobusi Ajar tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi, natijada sakkiz yo‘lovchi halok bo‘ldi, yana 13 kishi jarohat oldi», - deya aytib o‘tdi mahalliy politsiya vakili Abdul Hamid Valizoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus Hirot shahridan Forsiy uyezdiga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Hayotdan ko‘z yumganlar orasida to‘rt ayol va ikki yosh bola bo‘lgan, jabrlanuvchilar shifoxonaga olib ketildi. Ayni damda politsiya hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish ustida ishlamoqda.
Mavzuga oid
16:50 / 11.10.2024
O‘zbek kompaniyasi Afg‘onistonning energetika sektoriga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
08:10 / 10.10.2024
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024