Chevrolet Corvette Z06 egalari General Motors’ni sudga berishdi
Chevrolet Corvette Z06 sportkarlari egalari AQShning General Motors konsernini sudga berishdi. Ular konsernni Corvette Z06 ko‘rsatkichlari e'lon qilinganlariga mos kelmaslikda ayblashmoqda.
Sportkar egalari manfaatlarini bir nechta yuridik kompaniya himoya qilmoqda. Sportkar egalari mashina poyga trassasi bo‘ylab 15 daqiqa yurgandan keyin avariyaviy rejimga o‘tishi va tezlikni keskin tashlab yuborishi muammosiga duch kelishgan. Ta'kidlanishicha, bu muammo xavfli vaziyatga olib kelishi mumkin.
Huquqshunoslarning aytishlaricha, sportkar sovitish tizimining yetarlicha samaradormasligi bilan bog‘liq muammoga ega. Ushbu nuqson konstruktiv kamchilik bo‘lib, kompaniya bergan kafolat majburiyatlari doirasida bartaraf etilmaydi.
Mashina egalari nimani talab qilayotganlari haqida advokatlar hozircha hech narsa ma'lum qilishmagan.
Mavzuga oid
18:59 / 10.05.2024
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
17:13 / 07.02.2022
General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
18:15 / 18.11.2021
Jo Bayden yangi elektron Hummer'ni haydab ko‘rdi (video)
11:50 / 05.11.2021