AQŞ prezidenti Jo Bayden General Motors kompaniyasining Detroytdagi yangi GM Factory Zero zavodi oçilişida iştirok etdi. Bu marosim davomida Bayden kompaniya işlab çiqargan yangi elektron Hummer pikapini haydab kördi. Baydenga GM boş direktori Meri Barra va tansoqçisi hamrohlik qildi.
Bayden test-drayv uçun möljallangan maydonça kiçik bölişiga qaramay, maşinani işonç bilan boşqarib, keskin harakatlarni ham amalga oşirdi. AQŞ prezidenti yangi Hummer'dagi maxsus Crabwalk rejimini ham sinab kördi. Bu rejimda maşinaning törtta ğildiragi birdaniga buriladi. Bu tor joylarda maşinani burib olişda qulaylik yaratadi.
«Bu pikap mendagi Corvette'dan uç baravar oğir, lekin ança tezkor. Hummer – juda zör maşina», deb Baydenning sözlarini keltirmoqda Reuters.
Elektrlaştirilgan GMC Hummer EV 2020 yil yakunida namoyiş qilingandi. Maşinaning eng zör versiyasi umumiy ming ot kuçiga ega uçta agregatdan iborat. Maşinaning akkumulyatori bir töldirilganda 550 km harakatlaniş uçun yetarli böladi. Maşinaning narxi hozirça 110 ming dollarga baholangan va keyinçalik arzonlaşişi kutilmoqda.













