O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq Jasur Alimovich Aripov Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda qo‘mita rasmiy saytida ma'lum qilingan.
U qo‘mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qiladi.
Aripov ilgari Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. U bu lavozimda biroz avvalroq ishdan olingan Baxtiyor Raimov o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, 13 fevral kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o‘rniga Bosh prokuror o‘rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialiyevich Azimov tayinlangandi.