Jismoniy şaxslarning notijorat maqsadida xorijdan tovar olib kirişiga çeklovlar kuçaytirilganiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi izoh berdi.
Amaldagi tartibga köra, Özbekistonga samolyotda kelayotgan jismoniy şaxslar hozirda 2000 dollargaça, poyezdda kelayotganlar esa 1000 dollargaça qiymatdagi tovarlarni bojsiz olib kiriş huquqiga ega. 19 aprel kungi hukumat qarori bilan esa, 1 maydan boşlab bu limit mos ravişda 1000 dollar va 500 dollargaça pasaytiriladigan böldi. Avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali kirib keluvçilar uçun 300 dollarlik çeklov özgarişsiz qoladi.
Bundan taşqari, avval kurerlik jönatmalari orqali bir çorakda 1000 dollargaça bölgan tovarlarni bojsiz olib kiriş mumkin bölgan bölsa, endi bu limit bir oyda 200 dollargaça pasaytiriladi.
Qolaversa, 1-2 kunga çetga çiqib kelganlar Özbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydigan bölyapti. Bojsiz tovar olib kiriş limitidan foydalaniş uçun fuqaro piyoda yoki temiryölda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun Özbekiston hududidan taşqarida bölişi kerak böladi.
Bojxona qömitasi izohi
Bojxona qömitasi bayonotiga köra, dunyo amaliyoti bilan taqqoslaganda tovarlarni bojsiz olib kiriş normalari Özbekistonda yuqori belgilangan.
Xususan, Yevropa Ittifoqi davlatlarida jismoniy şaxslar havo transportida kirib kelganda 480 AQŞ dollari, avto, piyoda yoki temir yölda kirib kelganda 330 AQŞ dollari qiymatidagi tovarlarnigina bojsiz olib kirişlari mumkin.
Turkiyada mamlakatga qaysi transport turida kirib kelişidan qat’i nazar faqatgina 480 AQŞ dollari qiymatidagi tovarlarni bojsiz olib kirişga ruxsat etiladi. Bu me’yor Xitoyda 722 AQŞ dollarini taşkil qiladi, deyiladi bayonotda.
Xorijda qisqa muddat (2-3 kungaça) bölib qaytgan şaxslarning bojsiz tovar olib kiriş huquqi bekor qilinayotgani esa “jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy ehtiyoj uçun tovarlarni bojsiz olib kiriş normalaridan tijorat maqsadlarida foydalaniş kölami sezilarli oşgani” bilan izohlandi.
“Tahlillarga köra, çegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan fuqarolar öziga tegişli bölmagan tovarlarni ma’lum haq evaziga olib ötib berib,











