Bojxona qömitasida 2025 yilning 10 oyi davomida bojxona organlari tomonidan amalga oşirilgan çora-tadbirlar yuzasidan brifing bölib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, joriy yilning yanvar–avgust oylarida çegara-bojxona postlari orqali 1,5 mln ga yaqin yuk avtotransport vositalari (+25 foiz), 670 mingdan ziyod yukli vagonlar (+14 foiz), şuningdek, 50,5 mln nafar yölovçi (+10 foiz) harakatlangan.

Hisobot davrida 946 mingdan ziyod (+12 foiz) bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylaştirilgan.

Tadbirkorlarning moliyaviy barqarorligini qöllab-quvvatlaş maqsadida 12 mingdan ortiq taşqi iqtisodiy faoliyat qatnaşçisiga 47 trln söm bojxona tölovlaridan imtiyoz va preferensiyalar qöllanilgan. Şuningdek, 400 dan ziyod tadbirkorlik sub’yektiga 4,8 trln söm bojxona tölovlarini keçiktirib tölaşga ruxsat berilgan.

Davlat budjetiga jami 60,7 trln söm bojxona tölovlari ötkazilib, közlangan reja 101,3 foizga bajarilgani qayd etildi.

Ma’lumotga köra, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş borasida 34,6 ming holatda salkam 1 trln sömlik tovarlar, jumladan:

73,3 mlrd söm ekvivalentidagi valuta qimmatliklari;
114,1 mlrd sömlik zargarlik buyumlari noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.

Mamlakat aholisining soğligi va xavfsizligini ta’minlaş doirasida olib borilgan çora-tadbirlar natijasida:

1 tonna 610 kg giyohvandlik vositalari;
1 tonna 55 kgdan ziyod psixotrop va kuçli ta’sir etuvçi moddalar;
137 ta öqotar va sovuq qurollar;
566 ta patronlar;
44,5 mlrd sömlik tamaki mahsulotlari bojxonaçilar tomonidan uşlab qolingan.

Sohani raqamlaştiriş hisobiga eksportda 94 foiz, importda 85 foiz bojxona yuk deklaratsiyalari soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştirilgan. Bunda BYuDni inson omilisiz rasmiylaştiriş hajmi eksportda 45 foiz, importda esa 6 foizni taşkil etgan.

Bojxona hududida qayta işlaş rejimini ommalaştiriş natijasida uşbu rejimdan foydalangan tadbirkorlar soni 443 nafarni taşkil etdi. Mazkur rejimga 979 mln dollarlik tovarlar joylaştirilib, qayta işlangan qariyb 1,2 mlrd dollarlik tovarlar (+43 foiz) eksport qilingani ma’lum qilindi.