Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni tiklashi mumkin
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
O‘zbekiston va Turkmaniston joriy yilning mart oyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni tiklashi mumkin. Bu haqda Turkmanistonning O‘zbekistondagi elchisi Shiri Shiriyev aytib o‘tgan.
Elchining eslatishicha, Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga o‘tgan yil may oyida amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida aviaqatnovni tiklash bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi.
"Hozirda biz Ashxobod-Toshkent birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysini yo‘lga qo‘yish ustida ishlamoqdamiz. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi. Start mart boshiga rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda yo‘nalishga faqat "Turkman havo yo‘llari" xizmat ko‘rsatadi. Keyinchalik, vaziyatdan kelib chiqqan holda, reyslar soni oshirilishi mumkin, hamda parvozlarning bir qismi O‘zbekiston tomoniga o‘tadi", - deya aytib o‘tgan elchi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnov 2013 yilning 2 may kuni xarajatlar qoplanmagani tufayli to‘xtatilgan. Parvozlar "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
23:09 / 21.05.2026
Oman Air Maskat va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
08:54 / 31.03.2026