Jahon | 10:43 / 23.02.2018
5964
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh bugun Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etadi

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari 23 fevral kuni KXDRga qarshi yangi sanksiyalar to‘plamini joriy etadi. Bu haqda Reuters yuqori mansabli manbaga asosan xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, sanksiyalar ancha keng ko‘lamli xarakterga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Suriya va Myanmaga qurol sotgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid