Xitoyda tovushdan ham tez harakatlanuvchi yo‘lovchi samolyoti kontsepti ishlab chiqildi
Xitoy fanlar akademiyasi muhandislari Pekin va Nyu-York o‘rtasidagi masofani atigi 2 soatda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan gipertovushli yo‘lovchi samolyoti kontseptini taqdim etishdi. Yangi samolyot kontsepti – harbiy dasturning qo‘shimcha mahsulotidir. U tovushdan ham tez harakatlanuvchi qanotli raketalarni yaratish bo‘yicha dasturning bir qismi bo‘ldi, deb yozmoqda South China Morning Post.
Loyiha rahbari Tsuy Kay so‘zlariga ko‘ra, samolyot tezligi 6 ming kilometr soatni tashkil etadi, bu tovush tezligidan besh barobarga ko‘proqdir (1235 km/ch). Bu tovushdan ham tez harakatlanuvchi «Konkord» tezligidan ham bir necha martaga ko‘p. Nazariy jihatdan olib qaralganda, bunday gipertovushli laynerda Pekindan Nyu-Yorkka parvoz davomiyligi atigi ikki soatni tashkil etadi – zamonaviy havo kemalaridan yetti barobarga ortiq.
Tsuy va uning jamoasi samolyot modelini aerodinamik quvurda sinovdan o‘tkazdi, u Xitoyning gipertovushli eng yangi qurol-yarog‘lari aerodinamikasini baholashda ham qo‘llangan. Tadqiqotchilar samolyot modeli tezligini 8,6 ming kilometr soatga qadar chiqarishdi hamda u bunday tezlikda ham o‘zini yaxshi «his qilishini» aniqlashdi. Qanot konstruksiyasi biplan yoki samolyot-tashuvchiga o‘xshab ketadi, u NASA «shatllarni» uchirish uchun foydalangan uskunalarni eslatib yuboradi. Xitoylik tadqiqotchilarning ma'lum qilishlaricha, biplan konstruksiyasi hozirgi gipertovushli transport vositalari loyihalaridan ko‘ra ko‘proq og‘ir foydali yuklamaga bardosh bera oladi.
Juda baland tezlikda qanotlarning ikkilamchi qatlami girdobli holat va qarshilikni kamaytirish uchun birgalikda ishlaydi, samolyotning yuk ko‘tarish imkoniyatini oshiradi.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024