Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Saudiya Arabistoni va BAAga Yaman bo‘yicha yordam berishga tayyor
Foto: Flickr
Amerika Qo‘shma Shtatlari Saudiya Arabistoni va BAAga yordam berishga tayyor. Ushbu ikki davlat Yaman aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun qariyb 1 mlrd dollar o‘tkazib berishga rozi bo‘lgandi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabarida aytiladi.
«Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoni va BAAga muhim maqsadlarga erishishda yordam ko‘rsatishga tayyor, jumladan deyarli to‘rt yildan beri davom etayotgan fuqarolik urushi tufayli azob-uqubatlarga giriftor bo‘layotgan yamanliklarning oziq-ovqat va tibbiy buyumlardan foydalanishiga keng imkoniyat yaratish orqali ham», - deya ta'kidlanadi matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, Oq uyda husiylarni xalqaro hamjamiyat bilan «birinchi ehtiyoj buyumlari yetkazib berishni ta'minlash maqsadida» hamkorlik qilishga chaqirishdi.
Mavzuga oid
20:52
Eron Google va Apple obektlariga zarba berishni va’da qildi
10:06
AQShdagi mavsumiy ishlar: fuqarolarga muhim ogohlantirish berildi
22:35 / 30.03.2026
“U aqldan ozgan” – millionlab amerikaliklar Trampga qarshi bosh ko‘tardi
21:33 / 30.03.2026