Jahon | 20:05 / 24.02.2018
5721
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada ko‘chki va toshqinlar oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Indoneziyaning Markaziy Yava viloyatida yuz bergan ko‘chki va toshqinlar oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 20 kishi yaralandi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda

Tabiiy ofat viloyatga bir necha kun avval yopirilgan. 24 fevralda qidiruv operatsiyasi qayta boshlangan. Ko‘pchilik qurbonlar Brebes va Purbalinga okruglarida ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar.  

Toshqinlar shuningdek qo‘shni G‘arbiy Yavaning ba'zi hududlarini ham qamrab olgan, biroq bu yerda qurbonlar va vayronalar bo‘lgani haqida ma'lumotlar berilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid