Sport | 15:39 / 24.02.2018
9706
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik sportchi Olimpiadada avtomobilni olib qochib ketdi

Foto: Getty Images

Kanadalik sportchi va uning menejyeri Koreya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Ular Pyongchangda avtomobilni olib qochishgan hamda mast holatda uni boshqarib yurishgan. Bu haqda CBC jurnalisti Syuzen Ormiston tvitterda xabar berdi.

Muxbirning ta'kidlashicha, hibsga olinganlar ism-familiyasi oshkor etilmayapti. Sportchining qonidagi alkogol darajasi 0,16 foizni tashkil etgani aytilmoqda.

Kanadaliklar avtoturargohda bo‘lgan avtomobilni olib qochishgan hamda unda Olimpiya qishlog‘iga qarab harakatlanishgan. Ayni damda ularning har ikkisi ozod etilgani bildiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya qishki Olimpiadalardagi medallar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid