La Liga. BBC gollari «Real»ga ishonchli g‘alabani keltirdi
Ispaniya chempionatining 25-turida «Real» o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qildi.
O‘yin davomida katta tashabbusga ega bo‘lgan madridliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. VVS hujumchilar uchligidan Ronaldu ikkita, Beyl va Benzema bittadan golga mualliflik qilishdi.
Bu natijadan so‘ng, «Real» 51 ochko bilan 3-o‘rinda boryapti. «Alaves» 28 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.
La Liga, 25-tur
Real Madrid – Alaves 4:0 (1:0, 3:0)
24 fevral, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 44 Ronaldu, 2:0 – 46 Beyl, 3:0 – 61 Ronaldu, 4:0 – 89, penalti Benzema.
Real Madrid – Navas, Nacho, Teo, Karvaxal, Varan, Vaskes, Kazemiro (Lorente, 80), Kovachich (Sebalos, 73), Beyl, Benzema, Ronaldu.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ruano, Eli, Torres, Manu Garsiya (Medran, 63), Pedrasa (Ibai Gomes, 62), Peres, Gvidetti (Burgi, 74), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Peres (5), Sobrino (20), Lorente (82).
Mavzuga oid
02:06 / 15.08.2024
«Real» «Atalanta»ni mag‘lub etib, UYeFA superkubogini eng ko‘p yutgan klubga aylandi
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
18:50 / 09.05.2024
Dunyoning eng qimmat klublari reytingi e’lon qilindi
02:05 / 22.04.2024