Sport | 22:55 / 24.02.2018
15389
1 daqiqa o‘qiladi

Nasri futboldan bir yilga chetlatildi

Foto: Getty Images

Fransiyalik yarimhimoyachi Samir Nasri antidoping qoidalarini buzgani uchun, UYeFA intizom qo‘mitasi tomonidan bir yilga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Marca. 

Futbolchi 2016 yilda, Los-Anjyelesdagi DripDoctors klinikasida vitaminlar terapiyasi asosida davolangan. Bu esa doping izlarini yashirishga yordam beradi.

Endi erkin agent maqomiga ega bo‘lgan 30 yoshli futbolchi «Las-Palmas» klubi bilan shartnoma imzolash huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Samir Nasri faoliyati davomida «Marsel», «Arsenal», «Manchester Siti», «Sevilya» va «Antalyaspor» klublarida o‘ynagan.

Mavzuga oid