Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi qabristonlarda keng ko‘lamli hashar ishlari olib borilmoqda
Foto: Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi
Yaqinda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilingan edi.
Qarorga asosan yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, bu yo‘nalishdagi obodonlashtirish ishlari uchun mahalliy byudjyetlariga 3 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, 24-25 fevral kunlari poytaxtdagi mavjud qabristonlar, ziyoratgohlarda ham keng ko‘lamli hashar ishlari olib borilishi rejalashtirildi.
«Kuni kecha imom-xatiblarning Juma mav'izasi yakunida hamyurtlarimizni qabristonlarni ziyorat qilib, obod etishlikka chaqiriqlariga labbay deya javob bergan yurtdoshlarimiz bugun ana shu savobi ulug‘ tadbirga jam bo‘lishib, hasharga kirishib ketdilar», - deyiladi xabarda.
Hashar doirasida qabriston va uning hududi tartibga keltirilmoqda, bir necha yil davomida ta'mirlanmagan qarovsiz yodgorliklar suvalmoqda, ta'mirlanmoqda. Ariqlar va yo‘laklar tozalanib, dov-daraxtlarni bo‘tash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
18:45
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
20:48 / 24.04.2026
Toshkentda avtobuslar uchun yana 16 ta yo‘nalish tashkil etilib, 70 ta yangi bekat quriladi
22:00 / 23.04.2026
Prezident Toshkentdagi Bog‘imaydon mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
20:12 / 23.04.2026