Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchquduqda shamol generatori ishga tushdi
Foto: Shutterstock
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Shimoliy kon boshqarmasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari markazi elektromexanigi Elbek Xolboyev shamol generatori yaratdi, deb yozmoqda O‘zA.
Shimoliy kon boshqarmasining yiliga 716 million kVt.soat elektr energiyasiga ehtiyoji mavjud. Korxona mutaxassisi yaratgan qurilma soatiga atigi 2 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Yirik korxona uchun mazkur qirilma arzimas bo‘lib tuyulsa-da, Uchquduq tumanida joylashgan korxona hududida yerdan o‘n metr balandlikda shamol potensiali ancha yuqori bo‘lib, bundan samarali foydalanish korxonaning jami energiyaga bo‘lgan ehtiyojining yarmini qondirishi mumkin.
Ekologik toza, muqobil energiya manbai hisoblangan mazkur generator shamolning tezligi 3 metr/sekundga yetganida elektr toki ishlab chiqara boshlaydi.
Mavzuga oid
11:02 / 25.02.2026
Kuchli shamol va chang-to‘zon: qator hududlarda ogohlantirish e’lon qilindi
11:40 / 11.02.2026
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
19:00 / 30.01.2026
Baland binolar shamolni to‘sadimi: ventilyatsiya koridorlari qanday ishlaydi?
20:30 / 24.01.2026