Britaniyalik fazogir odamlar Marsga qachon qo‘na olishlari mumkinligini aytdi
Britaniyalik fazogir Tip Pikning fikricha, insonlar Marsga 20 yildan keyin qo‘na oladilar.
Uning aytishicha, bunda koinot sohasida faoliyat yurituvchi xususiy kompaniyalar muhim rol o‘ynaydilar. Fazogirning ta'kidlashicha, SpaceX kompaniyasi tomonidan yaqinda amalga oshirilgan Falcon Heavy raketasi parvozi koinotni zabt etishdagi yangi davrni boshlab berdi.
Pik Oy yaqinida stansiya (Deep Space Gateway) yaratish loyihasi koinotni tadqiq qilish masalasida hal qiluvchi bo‘lishiga ishonch bildirdi.
“Biz koinotni zabt etishning yangi davriga kirmoqdamiz. Fikrimcha, odamlarning Marsga qo‘nishi 2030-yillar oxirida yuz beradi”, deb aytgan fazogir.
Pik MKS-46/47 koinot ekspeditsiyalarida ishtirok etgan. U Xalqaro koinot stansiyasida 186 kun faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024