Qodirov Latviyaning unga nisbatan joriy qilgan taqiqi haqida gapirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Latviyaga tashrif buyurishiga qo‘yilgan taqiqni izohladi.
«Hurmatli do‘stlar! Sizning yordamingizga juda muhtojman. Menga qimmatli maslahat bilan yordam berishingiz mumkin. Latviyaga kordonlardan chetlab o‘tib, qanday qilib kirish bilan qiziqmoqdaman. Gap shundaki, Latviyaga tashrif mening butun hayotim maqsadi edi. Ertalab va kechqurun, ishda hamda uyda Rigaga borishni orzu qilardim. Endilikda, buning uchun ikki-uch kun vaqt bo‘lganida, Latviya Seymi menga kirish taqiqlangani haqida xabar bermoqda», - deya yozgan Qodirov.
Latviyaga tashrifi taqiqlangan shaxslarning ro‘yxatiga hammasi bo‘lib «Magnitskiy ro‘yxati»dan 49 ism kiritilgan.
«Juda xafa bo‘ldim, o‘zimni qo‘yishga joy topa olmayapman. Otda sayr qilish ham, mashg‘ulotlar ham, musiqa ham asablarni joyiga keltira olmayapti. Men qadrdon Latviyaga bora olmasligim, haqidagi fikr tinch qo‘ymayapti», - deyiladi Checheniston rahbari xabarida.
Shuning Qodirovning ta'kidlashicha, «boshqa an'analar va qadriyatlarda tarbiyalangan» inson sifatida Latviya fuqarolarini Chechenistonga taklif etadi.
Mavzuga oid
00:33 / 09.10.2024
Latviya mudofaa xarajatlarini qoplash maqsadida banklar uchun soliq joriy etadi
22:05 / 05.10.2024
Shvetsiya o‘z harbiylarini Latviyaga yuboradi
15:50 / 01.10.2024
O‘zbekiston va Latviya jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi
01:59 / 30.09.2024