O‘zbekiston | 12:59 / 26.02.2018
3117
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Turkiya TIV Anqarada maslahatlashuvlar o‘tkazadi

Foto: Fotolia

2018 yilning 26 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston-Turkiya maslahatlashuvlarida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.

Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Turkiya Respublikasining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Fazli Cho‘rman Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qiladilar hamda 2018 yilning 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiyaning kun tartibi yuzasidan fikr almashadilar.

O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston poytaxtida «Kobul jarayoni» ikkinchi majlisida ham ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid