O‘zbekiston | 13:01 / 26.02.2018
28787
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» bosh direktori o‘zgardi

Foto: O‘zbektelekom

«O‘zbektelekom» AK yangi bosh direktori tayinlandi. Bu haqda operatorning matbuot xizmati xabar bergan.

Farhod Ro‘ziyev «O‘zbektelekom» AKning yangi bosh direktori bo‘ldi. U 2017 yil fevral oyidan buyon shu lavozimda ishlagan Shuhrat Qodirov o‘rnini egalladi.

Farhod Ro‘ziyev 1979 yilda tug‘ilgan bo‘lib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi sanaladi. «O‘zbektelekom» AKda ish tajribasiga ega.

Ilgari Sarkor Telecom internet-provayderi direktori (2000-2007 yillar) va Winncom Technologies’ning Qozog‘iston, Ukraina hamda Markaziy Osiyodagi vakolatxonasida ishlagan.

Mavzuga oid