Sport | 15:27 / 27.02.2018
25017
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu Barselona klubiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi

Foto: Getty Images

27 fevral kuni Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati doirasida Barselonaning «Espanol» kulbiga qarshi maydonga tushadi. Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchrashuvda ishtirok etadigan 19 nafar futbolchi ro‘yxatini e'lon qildi.

Madrid klubi rasmiy sayti bergan qaydnomadan jamoa yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olmagan. Portugaliyalik futbolchi bu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.

«Real» klubining uchrashuv uchun bergan 19 kishilik qaydnomasi:
Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Luka Zidan.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Teo Ernandes, Ashraf Hakimiy.
Yarim himoyachilar: Kazemiro, Markos Lorente, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich, Dani Sebalos.
Hujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid