12:00 / 27.02.2018
11460

«Manchester Yunayted» futbolchisi 4 yilga qamalishi mumkin

«Manchester Yunayted»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Ander Errera qamoq jazosi tahlikasi ostida qolmoqda. U kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishga gumonlanmoqda. 

Ma'lumki, Ispaniyada anchadan buyon qo‘zg‘atilgan ish yuzasidan 35 futbolchiga ish ochilgan va ularning ichida 28 yoshli yarim himoyachi ham bor. Avvalroq, Ander Errera ko‘pi bilan shartli ikki oylik qamoq jazosiga mahkum qilinishi haqida gap borgandi, chunki prokuror aynan shuncha so‘ragan. 

Ammo Las Provincias ma'lumotiga qaraganda, agar futbolchilarning ayblari sudda isbotlansa, La Liga nomidan harakat qilayotgan prokuratura yanada og‘irroq jazolarni ilgari surmoqda. Gap to‘rt yil muddatga qamoq jazosi haqida bormoqda. 
Shuningdek, tergov ayblanayotgan har bir futbolchilar 2.56 million funt jarima va olti yillik diskvalifikatsiya talab qilmoqda. Agar bu jarayon ham ijobiy hal bo‘lsa, futbolchilarning diskvalifikatsiyasi butun dunyo uchun amal qiladi. 

Ander Errera 2011 yilda bo‘lib o‘tgan «Real Saragosa» «Levante» o‘rtasidagi o‘yin borasida shubha ostiga olingan. 
Ushbu ish yuzasidan sud jarayoni shu yilning oxirida boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Top