O‘zbekiston | 14:32 / 27.02.2018
24508
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston bilan chegaradagi «Oybek» postida chegaradan o‘tish tartibi soddalashtirildi

Foto: O‘zbekiston24

O‘zbekiston va Tojikistonning chegaraoldi tumanlarida yashovchi fuqarolar qo‘shni respublikaga «Oybek» xalqaro chegara-bojxona posti orqali vizasiz borish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturida xabar berilgan.

Qayd etilishicha, 10 fevraldan boshlab chegaradan o‘tishning soddalashtirilgan tizimi joriy etildi. «Oybek» posti orqali Tojikistonga besh kunlik muddatga vizasiz Angren va Bekobod shaharlari, Bekobod, Pskent, Ohangaron va Bo‘ka tumanlari aholisi borishi mumkin.

Tojikistondan esa O‘zbekistonga So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov, Matchin hamda Asht tumanlarida yashovchilar shunday borish huquqqa ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda yuzlab fuqarolar O‘zbekistonga kirish uchun «Do‘stlik» postida soatlab navbatda turgani ma'lum qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid