O‘zbekiston | 22:10 / 27.02.2018
19012
2 daqiqa o‘qiladi

Viloyat hokimlari bojxonaga borib, qanday tovarlar kirib kelayotganini o‘rganadi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning ikki oyi davomida tovar va xizmatlarni eksport qilish topshirig‘ini bajarish holati, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to‘liq ishga solish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

«Kun.uz» muxbiri ma'lum qilishicha, endi hududlarda har bir viloyat hokimi har kuni ertalab soat 08:00dan soat 10:00gacha eksportyorlar bilan, kunning ikkinchi qismida esa importyorlar bilan shug‘ullanadi. Har bir viloyat va tumanda meva-sabzovotlarni eksport qiladigan klasterlar tashkil qilinadi.

«Viloyat hokimi bojxonaga borib, hududga qaysi tovar kirib kelayotganini o‘rganadi va ana shu tovarlarni o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yadi. Shu yo‘l bilan import hajmini kamaytirib, uning o‘rnini mahalliy mahsulotlar bilan ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga erishiladi. Afsuski, hozirda hokimlarning o‘z hududiga kirib kelayotgan import bilan ishi bo‘layotgani yo‘q!», deya ta'kidlagan prezident.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid