Jahon | 11:20 / 28.02.2018
7168
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda yirik YTH, qurbonlar va jabrlanganlar ko‘p

Foto: Alina Raspopova/«Gazeta.Ru»

Xitoyning Xebey provinsiyasida yuz bergan yirik avtohalokat natijasida olti kishi halok bo‘ldi, yana 23 inson jabrlandi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi 27 fevral kuni kechqurun federal ahamiyatdagi trassada yuz berdi. Unda yuk mashinasi va avtobus to‘qnashib ketgan. Avariya natijasida yuk mashinasi haydovchi va ikki yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi, yana to‘rt kishi shifoxonada vafot etdi. 23 inson turli tan jarohatlari oldi.

Yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlashtirilmoqda.

Mavzuga oid